Hozirgi paytda, Google'ning Yevropa bo'ylab eng ko'p ochiq ish o'rinlari Polshada, va bu raqamlar yana ko'payadi kelajakda.
Biz Polshadagi Google junior, middle, senior maoshlarni taqqoslaymiz. Maoshlar, soliqlar va oylik xarajatlar haqida gapiramiz. Va oxirida qancha pul tejashingiz mumkinligi hisoblaymiz.
Yillik Maosh
- Junior: $80,000 ($52,000 base, 15% yillik bonus, $20,000 stock)
- Middle: $115,000 - $130,000 ($70,000 base, 15% yillik bonus, $35,000 stock)
- Senior: $150,000 - $160,000 ($90,000 base, 15% yillik bonus, $50,000 stock)
Soliqlardan keyin oyiga sizda qancha qoladi?
26 yoshga yetmagan bo‘lasangiz kamroq to‘laysiz.
Oilaviy bo'lmasangiz va 26 yoshga yetmagan bo'lsangiz:
- Junior: $4700 oyiga, soliqlardan keyin.
- Middle: $6400
- Senior: $8000
26 yoshdan o‘tgan bo‘lsangiz ~8% ko‘proq soliq to‘laysiz o‘rtacha. Oilaviy bo'lsangiz ~5% kamroq soliq to'laysiz.
Bu yerda ko’proq o’qing:
Soliqlar: Qanday soliqlar to'laysiz?
Polshada daromad solig'i uchun progressiv sistema ishlatiladi:
- 12% soliq to'laysiz 120K złoty'gacha.
- 32% soliq to'laysiz 120K złoty'dan oshig'iga.
- Lekin, hamma 30,000 złoty uchun 0% soliq to'laydi. Tax free.
- BONUS 💸: Lekin siz 26 yoshdan o'tmagan bo'lsangiz 85,000 złoty ($33K) uchun soliq to'lamaysiz ("0-PIT" deyiladi).
Daromad solig'idan tashqari tibbiy sug‘urta 9% va "social security" 14% tashkil etadi. Oilaviy bo'lsangiz, kamroq soliq to'laysiz. Farzandli bo'lsangiz, yana kamroq soliq to'laysiz.
Shularni hammasi hisoblab, keling Google'dagi junior/senior qancha soliq to'lashini hisoblaymiz:
- 26 yoshgacha bo'lsangiz, va oilali bo'lsangiz siz 25-30% atrofida soliq to'laysiz. Agar boydoq bo'lsangiz 30-35% atrofida soliq to'laysiz.
- 26 yoshdan oshgan bo'lsangiz, oilali, siz 32-35% atrofida soliq to'laysiz. Agar boydoq bo'lsangiz 37-40% atrofida soliq to'laysiz.
Ref: https://zarobki.pracuj.pl/kalkulator-wynagrodzen
Soliqlar Germaniyaga o'xshash ekan "0-PIT" olib tashlansa.
Oylik xarajatlar
🏠 Uy ijarasi
Varshavada/Krakovda studio'lar $700 atrofida. 2 xonali uy uchun ijara haqi o‘rtacha $1300 - $1500.
Oziq ovqat
Bozordagi narxlar Toshkentnikiga o‘xshash, ba’zida esa arzonroq. Bu qayerga borishingizga bog‘liq. Bir kishi uchun $300 - $400 atrofida (ovqatlanishsiz). Agar yolg‘iz bo‘lsangiz va ofisda ovqatlansangiz, oylik xarajatingiz undan ham bo'ladi.
Tashqarida ovqatlansangiz, bir kishi uchun $8 - $20 atrofida bo‘ladi.
Ref: https://www.numbeo.com/cost-of-living/in/Krakow-Cracow, bu yerda supermarketdagi narxlarni solishtirsa bo'ladi.
Transport
Joylashuvga qarab oylik chipta narxi $30 - $50 bo‘ladi.
Xulosa
Polshada 🇵🇱 bo'ydoq junior 26 yoshga yetmagan: $4700 maosh - $700 ijara - $300 oziq ovqat va transport = $3700 👈 oyiga tejashi mumkin. Germaniyada esa $5000 teja olardi.
Polshada 🇵🇱 oilaviy middle 26 yoshdan o'tgang: $6500 maosh - $1500 ijara - €300 x 2 = $4400 👈 oyiga tejashi mumkin. Germaniyada esa middle $7500 teja olardi.
Boshqa barcha xarajatlar turmush tarzingizga bog‘liq, lekin asosiy ehtiyojlar hisoblangan ijara haqi, transport va ovqatlanish xarajatlari hisobga olingan.
