Biz Google’dagi junior, middle, senior maoshlarni taqqoslaymiz.
Maoshlar, soliqlar va oylik xarajatlar haqida gapiramiz. Bo‘ydoq bo'lsangiz yoki oilangiz bilan birga bo‘lganingizda qancha pul tejashingiz mumkinligi haqida gaplashamiz.
Yillik Maosh
- Junior: €115,000 - €125.000 (€82,000 base, 15% bonus, €25,000 stocks)
- Middle: €165.000 - €175.000 (€105,000 base, 15% bonus, €45,000 stocks)
- Senior: €215,000 - €230,000 (€130,000 base, 15% bonus, €65,000 stocks)
Soliqlar
Soliq foizi maoshingiz, oilaviy holatingizga (bo‘ydoq yoki turmush qurganligingizga), farzandlaringiz bor-yo‘qligiga. Tibbiy sug‘urta turingizga ham bog‘liq.
Bo‘ydoqlar eng ko‘pini to‘laydi. Oilaviy odamlar kamroq soliq to‘laydilar.
Farzandli bo‘lsangiz, har bir farzandingiz 18 yoshga to‘lgunga qadar davlatdan oyiga qo‘shimcha €250+ olasiz, har bitta bolangizga, 18 yoshligigacha!!!
Xulosa, agar siz bo‘ydoq bo‘lsangiz, 42% - 43% oralig‘ida soliq to‘laysiz. Ammo turmush qurgan bo‘lsangiz, maoshingizga qarab 32% - 38% oralig‘ida to‘laysiz (p.s. ikkinchi odam maoshsiz, yoki kamroq maosh olsa).
Misol uchun:
- Junior: bo'ydoq, yillik €120,000 dan 42% soliq to'lasa, qo'liga €70,000 qoladi, bu €5800 oyiga. Dollarda bu $6800+ soliqdan keyin, OYIGA, JUNIORGA
- Middle: oilaviy, yillik €165,000 qilsa, 36% soliq to‘lasa, €105,000 qoladi, bu €8800 oyiga ($10000+). Agar turmush qurmagan bo'lsa, 43% to‘lagan bo‘lardi.
Oylik Xarajatlar
Uy ijarasi
Myunxenda studio'lar €900 - €1200. 2 xonali kvartira uchun ijara haqi o‘rtacha €1500 - €1700. Hammasi ichida (elektr energiyasi, suv, qishda isitish).
Ovqatlanish
Google’da ishlasangiz, 3 mahal ovqat ofisda beriladi, boydoqlar uchun zo‘r. Supermarketdagi narxlar Toshkentdaki. Shuning uchun hozir O‘zbekistonda qancha sarflasangiz ovqat uchun bu yerda ham shuncha bo‘ladi (+15 - 20% maybe).
Tashqarida ovqatlansangiz, bir kishi uchun €10 - €25 yevro atrofida bo‘ladi.
Meni uydan tashqari xarajatlarim €300 chiqadi.
Transport
Oyiga €58 D-ticket olasiz, va butun Germaniya boylab safar qilsa bo‘ladi.
Xulosa
Bo'ydoq junior: €5800 maosh - €1000 ijara - €400 ovqatlanish va transport = €4400 oyiga tejashi mumkin. Siz bu pullarni investitsiya qilishingiz, sayohat qilishingiz va hayotdan zavq olishingiz kerak. Oilaviy middle: €8800 maosh - €1600 ijara - €400 x 2 = €6400 - va boshqa men bilmaydigan xarajatlar.
