- Yillik Maosh (Total Compensation)
- Soliqlar va Net Maosh (Soliqdan keyingi daromad)
- Sof oylik daromad misollari (Net salary):
- Myunxendagi Oylik Xarajatlar
- 🏠 Uy ijarasi (Rent)
- 🍲 Ovqatlanish
- 🚆 Transport
- 📺 Boshqa majburiy xarajatlar
- Germaniyadagi Foydali Servislar (Pro-Tips)
- Xulosa va Oylik Jamg'arma (Savings)
- Dunyo Shaharlaridagi Yashash Narxlarini Taqqoslash Resurslari
Biz Google’dagi junior, middle, senior maoshlarni taqqoslaymiz.
Maoshlar, soliqlar va oylik xarajatlar haqida gapiramiz. Bo‘ydoq bo'lsangiz yoki oilangiz bilan birga bo‘lganingizda qancha pul tejashingiz mumkinligi haqida gaplashamiz.
Yillik Maosh (Total Compensation)
Germaniyada IT kompaniyalarda umumiy daromad (Total Compensation / TC) uchta qismdan iborat:
- Base Salary (Asosiy oylik maosh)
- Bonus (Yillik naqd pul bonusi — odatda 15%)
- Stock / RSUs (Kompaniya aktsiyalari, 4 yilga bo‘lib beriladi)
Myunxen bo‘yicha eng so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, taxminiy daromadlar:
- Junior (L3 / Software Engineer L3): €125,000 – €130,000 (€90,000 - €100,000 base, 15% bonus, €25,000 stocks)
- Middle (L4 / Software Engineer L4): €165,000 – €180,000 (€110,000 base, 15% bonus, €45,000 stocks)
- Senior (L5 / Senior SWE): €220,000 – €235,000 (€135,000 base, 15% bonus, €65,000 stocks)
Aktsiyalar (RSU) har chorakda vest (berilganda) bo‘lganda avtomatik ravishda soliqqa tortiladi (50% soliq ushlab qolinadi).
Soliqlar va Net Maosh (Soliqdan keyingi daromad)
Germaniyada soliq stavkasi maoshingiz miqdoriga, oilaviy holatingizga va soliq sinfingizga (Steuerklasse) bog‘liq:
- Steuerklasse 1 (Bo‘ydoqlar): Eng yuqori soliq to‘laydi (daromadingizga qarab ~40% – 42% soliq va ijtimoiy sug‘urtalarga ketadi).
- Steuerklasse 3 / 5 (Oilaviylar): Agar turmush o‘rtog‘ingiz ishlamasa yoki kamroq maosh olsa, siz 3-sinfga o‘tasiz va soliq stavkangiz ~32% – 36% gacha tushadi. (Agar ikkala er-xotin ham bir xil IT maosh olsa, 4/4 sinfida bo‘ydoqlar bilan bir xil soliq to‘lanadi).
- Child Allowance (Kindergeld): Har bir 18 yoshgacha bo‘lgan farzandingiz uchun davlat oyiga €259 to‘laydi.
Sof oylik daromad misollari (Net salary):
- Junior (Bo‘ydoq, L3): Yillik €125,000 grosstadan soliqdan keyin qo‘lga taxminan €6,250 / oyiga tegadi = ~$7200 oyiga.
- Middle (Oilaviy, L4 — turmush o‘rtog‘i ishlamaydi): Yillik €165,000 (yoki ~€170k) grosstadan 36% soliq to'lansa, qo‘lga taxminan €8,800 / oyiga tegadi.
(Soliqlarni aniq hisoblash uchun onlayn German Tax Calculator vositalaridan foydalanishingiz mumkin) — Soliq kalkulyator.
Myunxendagi Oylik Xarajatlar
Myunxen Germaniyaning eng qimmat shahri hisoblanadi.
🏠 Uy ijarasi (Rent)
- Studio / 1 xonali: €900 – €1,200/oy.
- 2 xonali kvartira: €1,500 – €1,700/oy.
- Eslatma: Ijara narxi odatda Warmmiete (isitish va suv ichida) yoki Kaltmiete (kommunalsiz) bo‘ladi. Elektr energiyasi (€50-80) va internet (€35-45) odatda alohida to‘lanadi.
- Boshlang‘ich xarajat (Kaution): Yangi uyga ko‘chib o‘tayotganda majburiy 3 oylik sodda ijara narxi miqdorida depozit (Kaution) to‘lanadi (taxminan €3,000 – €5,000 yig‘ib qo‘yish kerak).
🍲 Ovqatlanish
- Ofisda: Google ofisida 3 mahal bepul ovqat beriladi — bu bo‘ydoqlar uchun ham, oilaviylar uchun ham xarajatni keskin kamaytiradi.
- Supermarket: Do‘konlardagi oziq-ovqat narxlari Toshkent narxlariga yaqin (ba’zi narsalar +15-20% atrofida).
- Restoranda ovqatlanish: Bir kishi uchun o‘rtacha €10 – €25. Uydan tashqari shaxsiy xarajatlar uchun oyiga €300 – €500 kifoya qiladi.
🚆 Transport
- Deutschlandticket (D-Ticket): Oyiga €63 (so'nggi yangilangan narx bo'yicha). Ushbu chipta bilan butun Germaniya bo‘ylab barcha shahar jamoat transportlaridan bemalol foydalanishingiz mumkin[ (Google va boshqa yirik IT kompaniyalar Jobticket orqali buni to‘liq yoki qisman qoplab beradi).
📺 Boshqa majburiy xarajatlar
- GEZ (Rundfunkbeitrag): Germaniyadagi har bir xonadon uchun majburiy televideniye/radio solig‘i — oyiga €18.36.
Germaniyadagi Foydali Servislar (Pro-Tips)
Yevropaga ko‘chib o‘tgandan keyin xarajatlarni optimallashtirish va xaridlarni taqqoslash uchun quyidagi servislardan foydalanish tavsiya etiladi:
- Idealo.de / Geizhals.de: Texnika, maishiy texnika va elektronikani eng arzon narxlarda topish va narxlar tarixini kuzatish uchun.
- Check24.de: Uy interneti, elektr energiyasi tarifi, mobil aloqa va sug‘urtalarni taqqoslab, eng maqbul shartnomani tuzish uchun.
- ImmoScout24: Myunxenda uzoq muddatli uy-joy izlash uchun asosiy platforma.
Xulosa va Oylik Jamg'arma (Savings)
Myunxenda IT sohasida ishlab, yuqori turmush darajasini saqlab qolgan holda yaxshigina pul tejash mumkin.
- Bo‘ydoq Junior (L3):
- Sof maosh: €6,950 (base, bonus, stock)
- Xarajatlar: €1,000 (ijara) + €400 (ovqat/transport) = €1,400
- Oylik tejaladigan pul: ~€5,500 / oyiga
- Oilaviy Middle (L4):
- Sof maosh: €8,800
- Xarajatlar: €1,600 (ijara) + €800 (2 kishi uchun ovqat/ko‘ngilochar/xarajatlar) = €2,400
- Oylik tejaladigan pul: ~€6,400 / oyiga
Bu tejalgan pullarni investitsiya qilish, sayohat qilish va hayotdan zavq olish uchun ishlatishingiz mumkin.